

So'nggi turdan oldin Ummon va Iroq hisobida 4tadan ochko mavjud edi. Janubiy Koreya va Malayziya hisobida esa 1tadan ochko bor edi.
Janubiy Koreya o'zaro bahsda Malayziyani 3:0 hisobida taslim qildi. Biroq bu natija ham koreyslarga keyingi bosqichga chiqish uchun etarli bo'lmadi. Sababi Iroq va Ummon o'zaro 1:1 hisobida durang o'ynashdi.
Guruhda Ummon birinchi, Iroq ikkinchi o'rinni egalladi.
Eslatib o'tamiz, "D" guruhidagi KXDR va O'zbekiston o'smirlari chorak finalda aynan shu guruhdagi ikki jamoaga qarshi o'ynaydi.
Ertaga bo'lib o'tadigan KXDR - O'zbekiston o'rtasidagi bahsdan so'ng "D" guruhida qaysi jamoa nechanchi o'rinni olgani ma'lum bo'ladi.
Janubiy Koreya - Malayziya 3:0
Gollar: Park In 4, Cheon Xun 15 penalti, Ko Xi 84
Ummon - Iroq 1:1
Gollar: Arshad Al Alavi 90 - Muhammad Dovud 37




