U-23 Osiyo chempionati. 2-turdan so'ng guruhimizdagi vaziyat qanday? FOTO

Tolibjon Qosimov
12 yanv 2018, 20:03
O'zbekiston U-23 terma jamoasi Xitoydagi musobaqaning 2-turida mezbonlarni 1:0 hisobida mag'lub etdi.

Guruhimizdagi ikkinchi bellashuvda esa Qatar OTJ Ummonni huddi shu hisobda engdi. Shu tariqa, Qatar 6 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib olgan bo'lsa, O'zbekiston va mezbon Xitoyda ochkolar teng - 3tadan.


Guruhdagi so'nggi turda Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoamiz Ummon bilan kuch sinashadi. Xitoy esa Qatar bilan to'qnash keladi.

3-tur bahslari 15 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlanadi. Ma'lumot uchun, ochkolar teng kelib qolsa dastlab o'zaro o'yinlarga qaraladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia