U-20 Jahon chempionatida Osiyodan 13 nafar hakam ishlaydi

Xayrulla Xoliqov
27 mar 2019, 15:52
OFK sayti U-20 Jahon chempionatida ishlaydigan osiyolik hakamlar ro'yxatini e'lon qildi.

23 may - 15 iyun kunlari Polshada navbatdagi U-20 Jahon chempionati bo'lib o'tadi. Bunda 24ta terma jamoa qatnashadi. Osiyo sharafini Qatar, Yaponiya, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni himoya qiladi. 

Shuningdek, bu musobaqada Osiyodan 13 nafar hakam xizmat ko'rsatadi. Bosh hakam sifatida ummonlik Ahmad Alkaf, singapurlik Muhammad bin Jahari va iordaniyalik Adham Maxadmeh ishlaydilar. 

Qanotlarda esa Abubakar Al Amri, Rashid Al Gaitxi (har ikkisi Ummon), Min Kiat Kox, Abdulhannan bin Abdulhasim (har ikkisi Singapur) va Ahmad Alrualle, Muhammad Alkalaf (har ikkisi Iordaniya) yordam berishadi. 

Ammar Aljeneybi (BAA), Xamis Al Marri (Qatar), Fu Ming (Xitoy) VAR bo'yicha ishlasa, hamyurtimiz Ilgiz Tantashev zaxira hakami vazifasini bajaradi. 

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com