U-16 o'smir qizlar o'rtasidagi OCH-2015 saralash bahslariga Vetnam mezbonlik qiladi

Narzulla Saydullayev
25 okt 2014, 10:23
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi U-16 o'smir qizlar o'rtasidagi OCH-2015 saralash bahslari mezbonligini Falastindan Vetnamga ko'chirdi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi saralashning A guruhida Shri-Lanka, Bahrayn, Falastin, Qirg'iziston va Tojikiston U-16 o'smir qizlariga qarshi o'ynashi avvalroq ma'lum bo'lgan edi. Saralash bahslariga esa 4-13 oktyabr kunlari Falastin mezbonlik qilishi kerak edi. Ammo, OFK yakunda mazkur musobaqa mezbonligini Falastindan Vetnamga ko'chirdi.

Saralash bahslari formatiga ko'ra, Markaziy-Janubiy va G'arbiy Osiyo mintaqasiga kiruvchi 12ta terma jamoa 6tadan ikki guruhga bo'lingan holda saralash bahslarida ishtirok etishadi. Guruh g'oliblari to'g'ridan-to'g'ri OCH final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadilar. 2013 yili o'tkazilgan U-16 Osiyo Chempionatida dastlabki to'rt o'rinni egallagan terma jamoa (Yaponiya, KXDR, Xitoy, Tailand), 2015 yilgi Osiyo Chempionati final bosqichiga saralash o'yinlarisiz yo'llanmani qo'lga kiritgan.

U-16 o'smir qizlar o'rtasidagi OCH-2015, saralash bahslari.
 2-11 dekabr, Xoshimin, Vetnam.
A guruhi.

 Shri-Lanka
 O'zbekiston
 Bahrayn
 Qirg'iziston
 Tojikiston
 Falastin

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com