Tuxel: "Sterling asosiy transfer maqsadimiz edi"

Sherzod Nurmatov
14 iyul 2022
"Chelsi" bosh murabbiyi vinger Rahim Stelringning jamoaga qo'shib olinishi haqida fikr bildirdi.

Germaniyalik mutaxassis Rahim Sterling jamoaning yozdagi ustuvor maqsadi bo'lganini ta'kidladi. Eslatib o'tamiz, futbolchining transferi London klubiga taxminan 50 million evroga tushgan.

"U transfer bozoridagi asosiy maqsadimiz edi. Uni tarkibimizga qo'shib olganimizdan juda xursandmiz. Uning yoshi, tajribasi va o'yin uslubini hisobga olsak, u jamoamizni kuchaytiradi", – dedi Tomas Tuxel.

Eslatib o'tamiz, "Chelsi" hozirda himoyachilar Kalidu Kulibali va Natan Ake transferiga yaqin turibdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports