

Jumladan Xumoyun Murtozaev, Sardor Abduraimov (ikkalasi "Mashal"), Firdavs Chakalov ("Xo'jand", Tojikiston), Sunnatilla Abdullajonov ("Bunyodkor"), Otabek Zokirov ("Neftchi"), Abduvosidxon Abdurashidov ("Qo'qon-1912") kabi futbolchilar davralar oralig'ida yaypanliklar safiga qo'shilishdi.
Bizga ma'lum bo'lishicha, bugun "Turon" klubi tarkibga yangi qo'shib olingan futbolchilarning tanishtiruv marosimini o'tkazadi. Marosim klub qarorgohida tashkil etiladi va muxlislar ishtirokisiz o'tkaziladi.



