"Tottenxem" va "Real" Beylning transferini muhokama qilishmoqda

Alisher
30 yanv 2020
"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl "Tottenxem"ga qaytishi mumkin.

Bugun londonliklar prezidenti Deniel Levining vakillari Madrid klubi rahbariyati bilan muzokaralar olib borgan.

"Real"da haftasiga 600 ming funt oladigan 30 yoshli uelslik futbolchi "Tottenxem"ga qaytsa maoshi pastlaydi.

Bundan tashqari, "Real" ham uni qo'yib yuborsa, uning transfer ko'p bo'lmagan pulni olishga tayyor bo'lishi kerak.

Beylning xaridiga "shporlar" bosh murabbiyi Joze Mourinyu qiziqmoqda.

Beyl joriy mavsum La Liga doirasidagi 12ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail