"Tottenxem" himoyachisi Yevropa chempionatini o'tkazib yuboradi

Sherzod Nurmatov
23 apr 2024, 16:25
Futbolchi jiddiy jarohat olgan.

"Tottenxem" himoyachisi Destini Udoji Yevropa chempionatini o'tkazib yuboradi. Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar berdi.

Futbolchi o'ng oyog'idan jarohatlangan. U mavsum oxirigacha maydonga tushmasligi aniq.

Oxirgi xabarlarga ko'ra, italiyalikning tiklanishi uchun 3 oy vaqt kerak bo'ladi. Demak, u nafaqat mavsumning qolgan qismida, balki Yevropa chempionatida ham qatnashmaydi.

21 yoshli himoyachi joriy mavsum barcha musobaqalarda 30 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli pas uzatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano