"Tottenxem" "Brayton" hujumchisini sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
16 yanv 2023, 16:16
London klubi "Brayton" hujumchisi Leandro Trossardni safiga qo'shib olmoqchi, deya xabar berdi "Sky Sports".

Manbaga ko'ra, futbolchining o'zi boshqa klubga o'tmoqchi. Trossard "Brayton"ning "Liverpul"ga qarshi o'yinida (3:0) ishtirok etmadi.

Hujumchi 2019 yildan beri "Brayton"da to'p tepib keladi. 28 yoshli belgiyalik futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali o'yinchining narxini 30 million evroga baholamoqda.

Trossard 2022/23 yilgi mavsumda "Brayton" tarkibida 17 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports