

Ushbu musobaqada 2016 yil Toshkentda bo'lib o'tgan MDH-2016 turniri finalchilari Robert Faxretdinov (Ufenok) hamda Andrey Gurev (Timon) ham qatnashdi. MDH-2016 finalida to'qnash kelgan ayni damda "Ufa" hamda SSKA klublari sharafini himoya qilayotgan kiberfutbolchilar bu safar ham turnirning hal qiluvchi bahsida joystiklar bilan qurollanishdi. Toshkentdagi turnirda g'olib chiqqan "Ufa" kiberfutbolchisi Robert Faxretdinov bu safar SSKA safini to'ldirgan Andrey Gurevga mag'lub bo'ldi. "Timon" joriy yildagi ilk sovrinini qo'lga kiritdi.
Toshkentdagi turnir finaliga chiqqan o'yinchi Moskvaning SSKA klubiga o'tdi
Toshkentdagi MDH-2016 finalchisi 10.000 evro yutib oldi
FIFA16 bo'yicha MDH Kubogi g'olib va sovrindorlari taqdirlandi



