

3-saralash bosqichining “D” guruhida peshqadamlik qilayotgan Burkina Faso terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini 5-tur o'yinlari doirasida Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoasiga qarshi o'tkazadi. Burkinaliklarning JARga qarshi o'yiniga 24 nafar futbolchi qatorida Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi himoyachisi Muhammad Kone ham chaqiruv oldi.
Takidlash joiz, JAR – Burkina Faso uchrashuvi 7 oktyabr kuni Yohannesburgdagi “FNB Stadium”da bo'lib o'tadi.




