Tolibjonov va Qosimov 24 mart kuni Sidneyga uchib ketadi

Narzulla Saydullayev
17 fev 2014, 12:39
Terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonov va terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov OK-2015 qur'a marosimida qatnashadi.
Bu haqda O'FF rasmiy tvitteri xabar berdi.

Osiyo Kubogining qur'asida ishtirok etish uchun Asqar Tolibjonov va Mirjalol Qosimov 24 mart kuni Melburnga uchib ketadi.

2015 yilda Avstraliyada o'tkaziladigan Osiyo Kubogining final qismiga 26 mart kuni Sidneydagi "Opera Uyi"da qur'a tashlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia