Timati Moskvada futbol klubi ochmoqchi

Aslanov Jasurbek
30 mar 2017, 11:46
Black Star kompaniyasining xonandasi Timur Yunusov (Timati) Moskvada futbol klubi va futbol agentligi ochish niyatida.

Bu haqda Black Star kompaniyasining hammuassisi Pavel Kuryanov e'lon qildi.

"Loyihaning startida birinchi yil 10 mln. rubl investitsiya kiritiladi. Biz bilan hamkorlikda Rossiya futbol ittifoqidan licenziyaolgan inson ishlaydi. Maqsadimiz 3-5 yil ichida futbol klubi yaratish. U Black Star, "Moskva" yoki "Strogino" bo'lishiga hali aniqlik kiritmadik.

Biz bu biznesga g'arbcha yondoshuvni qo'llamoqchimiz. Bizga davlat mulkini talontaroj va futbolchilarning katta maoshidan pul topish emas, kapitalizaciya va qiziqarli futbol kerak" - deydi Kuryanov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ТАСС