Buyuk Britaniya elchisi O'zbekiston U-17 terma jamoasini Angliya ustidan qozonilgan g'alaba bilan tabrikladi

Sherzod Nurmatov
24 noya 2023, 15:10
Buyuk Britaniyaning O'zbekistondagi elchisi Timoti Smart o'zining Twitter'dagi sahifasida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasini Angliya ustidan qozonilgan g'alaba bilan tabrikladi.

"Ajoyib yangilik! O'zbekiston U-17 terma jamoasini Angliyaga qarshi o'yinda g'alaba qozonib, chorak finalga chiqqani bilan tabriklaymiz. Shu ruhda davom eting", – dedi Smart.



Eslatib o'tamiz, mundial chorak finali doirasidagi Fransiya – O'zbekiston o'yini 25 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:30 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia