“Terek” bosh murabbiyi: “G'alabani barcha ayollarga bag'ishlaymiz”

Narzulla Saydullayev
9 mar 2014, 11:15
Rossiya chempionatining 20-turidan o'rin olgan “Terek” – “Spartak” (1:0) bahsidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Rashid Rahimov o'z fikrlarini bildirdi:
“Spartak”ni mag'lub etganimizdan xursandmiz. Biz bugungi g'alabani 8 mart bayrami munosabati bilan barcha xotin-qizlarga bag'ishlaymiz. Ayollarda bayram unchalik ko'p emas, shu bois ularga bag'ishlasak arziydi. Endi o'yinga to'xtaladigan bo'lsam, juda hissiyotlarga boy uchrashuv bo'ldi. Biz “Spartak” to'p bilan yaxshi muomala qilishini bilardik, shuning uchun to'pni qabul qilib oldik deguncha tezkor hujum uyushtirishga harakat qildik. Bu esa ularni dovdiratib qo'ydi”.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net