Ter Shtegen yozda "Barselona"ni tark etishi mumkin

Aslanov Jasurbek
5 fev 2016, 17:12
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen joriy mavsum oxirida o'z klubini tark etishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti va bu vaziyat uni qoniqtirmayapti. Ter Shtegen bu borada jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike bilan suhbatlashmoqchi. Ayni damda mutaxassis Klaudio Bravoga ishonch bildirmoqda. Ter Shtegen "Barselona"ning Ispaniya Kubogi va Chempionlar ligasidagi bahslarida maydonga tushdi, ammo bundan ko'prog'iga intilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es