Ten Xagning MYUga tayinlanishi - vaqt masalasi. "Ayaks" bosslari uning shartnoma bo'yicha kelishuvga erishganini biladi

Alisher
13 apr 2022, 15:37
Erik ten Xag tez orada "Manchester Yunayted" bosh murabbiyiga aylanadi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, uning Angliya klubiga tayinlanishi vaqt masalasi.

"Manchester Yunayted" ushbu haftada shartnoma va kerakli qog'ozlarni tayyorlash ustida ishlaydi. Klub imkon qadar tezroq ten Xagning tayinlanishini e'lon qilmoqchi.

Shu bilan birga, MYU "Ayaks" bilan kelishuvga erishishi kerak. Manchester klubi to'g'ridan-to'g'ri Niderlandiya klubi bilan muzokaralarga tayyor. Tomonlar o'rtasida yaxshi munosabatlar bor va 2 mln evrolik kompensaciya MYU uchun muammo bo'lmaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano