Tartib-intizom Qo'mitasi qarorlari

6 avg 2015, 00:41
Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi.


Oliy liga

Oliy liganing 16-turida "Paxtakor"ga qarshi o'yinda "Olmaliq" darvozaboni Valeriy Fomichev raqibiga zarba bergani uchun ikki o'yinga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi.

"Navbahor" bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov "Mashal" bilan bo'lib o'tgan o'yinda yordamchi hakamni turtgani va hakam shaniga nomaqul fikrlar bildirgani uchun jarimaga tortildi va ogohlantirildi. Agarda bu holat yana takrorlansa, unda Ashurmatovga nisbatan tegishli choralar qo'llanilishi takidlandi.

Lokomotiv klubi mamuri Baxtiyor Ismoilov "Metallurg"ga qarshi o'yinda hakam manzili tomon nomaqul fikrlar bildirgani uchun jarimaga tortildi. Agarda bu holat yana takrorlansa jiddiyroq chora ko'rilishi aytib o'tildi.


O'zbekiston Kubogi

Cementchi futbolchisi Azizxon Ibragimov O'zbekiston kubogining ¼ final bosqichi doirasida Paxtakorga qarshi o'yinda raqib futbolchisi tomon aytgan ortiqcha gaplari uchun 3 o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Paxtakor himoyachisi Murod Xolmuhamedov Cementchi bilan bo'lib o'tgan o'yinda raqibi tomon qilgan ortiqcha harakati uchun 3 o'yinga diskvalifikaciya qilindi.


Yoshlar ligasi

"Qo'qon-1912" futbolchisi A'zamjon Somidjonov Yoshlar ligasining 2-turidan o'rin olgan "Paxtakor"ga qarshi qoldirilgan bellashuvda raqibiga nisbatan qo'pol harakati uchun 2 uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi.


Birinchi liga

Lokomotiv-BFK futbolchisi Sunnatulla Saidov 3 uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi.

Cementchi a'zosi Bahodirjon Yigitaliev 3 o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Chust-Paxtakor murabbiyi Leonid Senkevich yordamchi hakam manzili tomon nomaqul so'zlari uchun jarimaga tortildi.

Paxtakor-2 himoyachisi Dian Talxatov 3 o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Paxtakor-2 direktori Shuhrat Rahmonkulov "Oq-tepa" bilan bo'lib o'tgan o'yinda hakam tomoniga ishlatgan nomaqul so'zlari uchun chetlatilgandi. Tartib intizom qo'mitasi Shuhrat Rahmonqulovni jarimaga tortdi va ogohlantirdi. Agarda bu holat yana takrorlansa, unda jiddiyroq choralar ko'rilishi takidlandi.

Paxtakor-2 murabbiyi Jasur Abduraimov, 2 o'yinga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: pfl.uz