Taliska uchun "Arsenal", "Chelsi" va MYU kurashmoqda
Narzulla Saydullayev
9 noya 2014, 16:26
"Arsenal", "Chelsi" va "Manchester Yunayted" klublari "Benfika" hujumchisi Taliskaga da'vogar, deb xabar bermoqda Daily Star nashri.
Portugaliya klubi 20 yoshli hujumchini kamida 35 million funt evaziga sotmoqchi. Bu mavsumda braziliyalik futbolchi 14ta o'yinda 9ta gol urdi. Ushbu transfer yanvar oyida amalga oshishi mumkin.