Tailandlik biznesmen Taechaubol: Uchta ingliz klubini taklif qilishdi, lekin menga Milan kerak

Narzulla Saydullayev
28 apr 2015, 10:03
Tailandlik biznesmen Bee Taechaubol Milan klubining akciyalarini Silvio Berluskonidan sotib olish niyatini yana bir bor takrorladi.
Menga uchta Angliya klublarini taklif qilishdi, ammo rad qildim. Sababi Milan yagona variant. Menga faqat Milan kerak, – deydi Taechaubol.

Kecha u Milan shahriga tashrif buyurdi. Dushanba kuni Berluskoni bilan uchrashuv rejalashtirilgan edi.

Taechaubolga Uotford, Sheffild Uensdey va Sautgempton klublarini sotib olish taklif qilingan.

Oldinroq u Italiya klubining 30 foiz akciyasi uchun 330 million evro, keyinroq 440 million evaziga qolgan 70 foiz akciyani sotib olishni istayotgandi.

Berluskonining Fininvest kompaniyasi 30 foiz akciyani saqlab qolishni istamoqda, Silvio esa klubning faxriy prezidenti bo'lib qoladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru