

Yig'in davomida Tailand terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi. Aslida biz 29 may kuni Avstraliya termasi bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishimiz lozim edi. Lekin bu o'yin o'tkazilmaydigan bo'ldi. Shu bois vakillarimiz 30 mayda Tailandga qarshi bahs olib borishadi.
Qizig'i shundaki, Tailand terma jamoasi 29 may kuni Tojikiston bilan o'ynaydi. Ertasi kuni esa biz bilan. Demak, ular ikki kunda ikkita nazorat bahsi o'tkazishadi. Tailand terma jamoasi bosh murabbiyi Akira Nishino bu haqda shunday dedi:
- "Tailand futbol assotsiatsiyaga minnatdorchilik bildiraman. Rahbariyat terma jamoa uchun hamma qulayliklarni yaratib beryapti. 30 may kuni O'zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushamiz. O'yin 30 daqiqalik uch taymdan iborat bo'ladi. Menga ma'lum qilishlaricha, ushbu o'rtoqlik uchrashuvi The Sevens stadionida butkul yopiq tarzda kechadi. O'ylaymanki, bu o'yin Indoneziyaga qarshi bahs oldidan juda foydali bo'ladi".




