Tabares jamoasi nima istayotganini ma'lum qildi

6 iyul 2018, 00:06
Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Oskar Tabares JCH-2018 chorak finalida Fransiya termasiga qarshi bahsdan nimalar kutayotganini ma'lum qildi.

“Ertaga nima bo'lishini bilmaymiz, ammo bu bahsda g'olib chiqishni judayam istayapmiz. Bu galgi JCH hamma tomonlama boshqalaridan yaxshi chempionat. Umuman bu Rossiyadagi JCH menimcha, barcha davrlardagi eng yaxshi chempionat”, deya o'z fikrlarini bildirib o'tdi urugvayliklar ustozi.

Fransiya-Urugvay uchrashuvi 6 iyul kuni Nijniy Novgorod shahridagi stadionda bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: ФИФА расмий сайти