Superliga va PRO-Liga klublarining shartnomalari endi uchta tilda bo'ladi

22 iyul 2018, 22:31
O'zbekiston professional futbol ligasining anjumanlar zalida kecha Superliga va PRO-Liga klublarining sport-direktorlari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Uni O'zbekiston professional futbol ligasining bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxo'jaev olib bordi. Mazkur yig'ilishda bir qator masalalar yuzasidan gap bordi. Xususan, D.Imomxo'jaevning aytishicha, endilikda Superliga bilan PRo-Liganing barcha jamoalari murabbiy va futbolchilar bilan uchta tilga mo'ljallangan shartnoma tuzadi. O'zbek, Rus, Ingliz tilidagi shartnomalar hozirda puxta ishlab chiqilmoqda va kuz oylariga borib, barcha klublarga taqdim etiladi. Ikki yillik yoki undan ortiq muddatga tuzilgan shartnomalar bandi o'sha xolatiga ko'ra yangi shartnomaga ko'chirib qo'yiladi. Joriy mavsum o'z kuchini yo'qotadigan shartnomalar esa kelasi yildan ko'tarma pulisiz yangilanadi.  

PFL rasmiylarining aytishicha, kelasi yildan klublar yangi murabbiy yoki futbolchilar bilan shartnoma imzolayotganida ko'tarma pulini kirita olmaydi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia