Superliga. “Buxoro” “So'g'diyona”ni yirik hisobda mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
16 mar 2018, 21:53
Superliganig 3-turidan o'rin olgan “Buxoro” – “So'g'diyona” uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasini va eng asosiy vaziyatlarini kuzatib borish mumkin bo'ldi.


 O'yinning 3-daqiqasida Akmal Xolmurodov kutilmaganda o'z darvozasiga gol urdi - 1:0. Bahsning 35-daqiqasida Arslonmurot Omonovning zarbasini Dilshod Hamroev qaytarishga erishdi. 38-daqiqada Omonovning jarima to'pidan yo'llagan zarbasini Hamroev ushlab oldi. Taym so'nggida Norxonovning kuchli zarbasidan so'ng Asilbek Omonov to'pni qaytardi. 

Birinchi taym tugadi.

53-daqiqada Sanat Shixovning uzatgan to'pini Bahodir Nasimov boshi bilan darvozaga yo'lladi - 2:0.

90-daqiqada Ergash Ismoilov birga-bir vaziyatga chiqib borib hisobni yiriklashtirdi - 3:0.


 


Superliga
3-tur

“Buxoro” – “So'g'diyona” 3:0
Hakamlar: 
O.To'ychiboev (Farg'ona), R.Kapadze (Farg'ona), SH.A'zamov (Farg'ona), K.Rasulov (Qarshi).
Nazoratchi – A.Xotamov (Toshkent).

Gol: Akmal Xolmurodov 3 avtogol, - 1:0 (Shavkat Salomov). Bahodir Nasimov 53, - 2:0 (Sanat Shixov). Ergash Ismoilov 90, - 3:0 (Arslonmurot Omonov)

"Buxoro": 30.Asilbek Amonov, 16.Artyom Filiposyan, 3.Bobur Omonov, 5.Marko Klisura, 11.Sanat Shixov, 8.Salamat Qutiboev, 10.Shavkat Salomov, 77.Javohir Qahramonov (28.Ergash Ismoilov, 62), 7.Arslanmurot Omonov, 22.Shahboz Erkinov (86.Aziz Ibragimov, 70), 14.Bahodir Nasimov (9.Nozim Umurov, 88)
Zaxira: 1.Akmal Tursunboev, 66.Mirjalol Jumaev, 55.Rahmatullo  Berdimurodov, 89.Sergey Ruseckiy, 27.Rabbimjon Hasanov, 19.Anvarjon Jo'raev

"So'g'diyona": 23.Dilshod Hamroev, 4.Elyor Orifov, 5.Farhod Mirahmatov, 9.Sardor Azimov (3.Azamat Isroilov, 89), 10.Shohruz Norxonov, 19.Alisher Ziyovuddinov, 20.Iqbol Malikjonov (77.Izzatilla Abdullaev, 46), 26.Akmal Xolmurodov, 31.Jahongir Abdumo'minov, 33.Tohir Shamsitdinov, 99.Nurillo To'xtasinov
Zaxira: 1.Shirinboy Abdullaev, 2.Sardor Qulmatov, 7.Doniyor Odilov, 8.Doniyor Xasanov, 15.Shoxrux Xolmatov, 35.Ruslan Melziddinov

Ogohlantirishlar: Aziz Ibragimov 71.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia