Superliga birinchi davra yakunlari. "Qo'qon-1912" safida kim qancha o'ynadi?

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2019, 11:22
"Qo'qon-1912" matbuot xizmati superliga birinchi davra yakunlariga doir statistik ma'lumotlarni taqdim etishni boshladi.

Bugun chempionatning birinchi qismidagi umumiy statistikasi bilan tanishtirib o'tamiz. Aniqrog'i, 1-davrada kim qancha o'ynagani haqida ma'lumot beramiz. Birinchi davrada “Qo'qon-1912” jamoasi sharafini 20 ta futbolchi himoya qildi. 

Eng ko'p o'ynagan futbolchilar Aleksandr Merzlyakov va Marko Milich. Bu futbolchilar barcha 13 ta uchrashuvda to'liq maydonda harakat qilishgan. Shuningdek, Qo'vondiq Ro'ziev ham 13 ta bahsda maydonga tushgan biroq uning o'ynagan daqiqalari biroz kamroq. Yetakchi o'yinchilardan biri Murod Xolmuhammedov 12 ta uchrashuvda to'liq o'ynagan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz