

Bu yilgi Superliga bellashuvlarini jami 1545623 muxlis bevosita o'yingohlarda tomosha qildi. (O'rtacha har bir o'yinga 8050 to'g'ri keladi).
Muxlislar to'plash borasida Navbahor jamoasi peshqadamlikni qo'lga kiritdi. Ushbu jamoa ishtirokidagi 32ta o'yinga jami 368375 tomoshabin keldi. Paxtakor 345819 ko'rsatkich bilan ikkinchi bo'ldi. Buxoro esa 329846 natija bilan uchinchi o'rinni band etdi. Jizzaxning So'g'diyona klubi ishtirokidagi o'yinlarga esa eng kam tomoshabin kelgan – 190242.
Jami tomoshabin | O'yin | Klub |
368375 | 32 | NAVBAHOR |
345819 | 32 | PAXTAKOR |
329846 | 32 | BUXORO |
309050 | 32 | BUNYODKOR |
251471 | 32 | LOKOMOTIV |
236008 | 32 | NASAF |
232373 | 32 | NEFTCHI |
213429 | 32 | METALLURG |
212968 | 32 | QIZILQUM |
206195 | 32 | QO'QON-1912 |
195470 | 32 | AGMK |
190242 | 32 | SO'G'DIYONA |

Navbahor o'z maydonida ham eng ko'p ishqiboz to'plagan jamoa bo'ldi. Namanganda o'tgan 16ta o'yinni jami 247117 tomoshabin kuzatdi. Bu har bir uchrashuvga o'rtacha 15444 tomoshabin keldi deganidir.
2018 yilgi O'zbekiston chempioni Lokomotiv bu borada eng past ko'rsatkichga ega bo'ldi. Temiryo'lchilarning uy o'yinlariga jami 68231 muxlis keldi.
Uydagi tomoshabin soni | O'yin | Jamoa |
247117 | 16 | NAVBAHOR |
209424 | 16 | BUXORO |
174293 | 16 | PAXTAKOR |
137993 | 16 | BUNYODKOR |
125295 | 16 | NEFTCHI |
116496 | 16 | QIZILQUM |
101359 | 16 | QO'QON-1912 |
98482 | 16 | METALLURG |
92951 | 16 | SO'G'DIYONA |
89726 | 16 | NASAF |
84256 | 16 | AGMK |
68231 | 16 | LOKOMOTIV |

Safar o'yinlarida esa aksincha, Lokomotivning muxlisi eng ko'p - 183240. E'tiborlisi safarda muxlis to'plash borasida keyingi o'rinlarni ham Toshkent klublari egallashgan: Paxtakor - 171526 va Bunyodkor - 171057.
Safarda Qizilqumning muxlislari eng oz – 96472.
Safardagi tomoshabin soni | O'yin | Jamoa |
183240 | 16 | LOKOMOTIV |
171526 | 16 | PAXTAKOR |
171057 | 16 | BUNYODKOR |
146282 | 16 | NASAF |
121258 | 16 | NAVBAHOR |
120422 | 16 | BUXORO |
114947 | 16 | METALLURG |
111214 | 16 | AGMK |
107078 | 16 | NEFTCHI |
104836 | 16 | QO'QON-1912 |
97291 | 16 | SO'G'DIYONA |
96472 | 16 | QIZILQUM |




