"Suonsi" futbolchisi Dayerning oyog'i sinishiga bir bahya qoldi

Tolibjon Qosimov
16 dek 2013, 11:49
"Suonsi" yarim himoyachisi Natan Dayer APL 16-turida "Norvich"ga qarshi o'yinda jarohat olgandi (1:1), u tibbiy ko'rikdan o'tdi, deb xabar bermoqda Sky Sports nashri.
Shifokorlarning dastlabki taxminiga ko'ra futbolchining to'pig'i singan edi. Biroq tibbiy ko'rik buni tasdiqlagani yo'q. Dayer 2013 yilda boshqa maydonga tusha olmaydi, lekin uzoq vaqt davolanmasligi aniq.

Bu mavsumda yarim himoyachi Angliya chempionatining 14ta o'yinida maydonga tushib 4ta gol urdi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru