Sulsher bazi futbolchilaridan mamnun emasligini aytdi

Mirjalol Normatov
19 apr 2019, 20:41
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher ayrim futbolchilaridan mamnun emasligini aytdi.

"MYU boshqaruvini o'z qo'limga olganimdan keyin futbolchilar haqida ko'p narsalarni bilib oldim. Ularning ko'pchiligi menga o'z professionalligini namoyish qila olishdi. Ammo tan olish kerak, ayrim futbolchilarimning faqatgina ko'zi yondi. Ularning yuqori darajasini ko'rmadim.

Agarda qattiq ishlashsa, ko'plab yigitlarim o'z o'yinlarini kuchaytira olishadi. Bir necha futbolchilar bilan bu borada gaplashdim. Marsyal shular jumlasidan. Uning ajoyib iqtidori bor va biz unga ishonamiz", - dedi Sulsher.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports