Suares JCH-2014da Kellinini tishlab olmoqchi bo'lgani yodingizdami?

Omonjon To`xtamirzayev
18 fev 2024, 11:26
Aynan shu voqea tufayli Luis "Real Madrid" emas, "Barselona" safiga borib qo'shilgan.

O'sha davrni yodga olarkan, Suares quyidagilarni aytib berdi:

"Jahon chempionatidan avval "Real Madrid" men bilan shartnoma imzolashni istagandi va barchasi rejadagidek ketayotgandi… Ular Benzemani "Arsenal"ga sotib yubormoqchi bo'lgan va bu borada ishlar olib borilayotgandi. Mundial boshlangach, poygaga "Barsa" ham qo'shildi. 

Kellini bilan yuz bergan vaziyat tufayli "Madrid" qiziqishi pasaydi, ammo "Barselona" aksincha, yanada ko'proq kuch bilan meni o'z safiga qo'shib olishga urindi... Shunday qilib, oldimda ikkita variant bor edi va men "Barselona"ni tanladim, sababi buni avvaldan orzu qilardim".

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Sky Sports