"Stok Siti" "Real" sobiq hujumchisini jazoladi

Aslanov Jasurbek
8 dek 2017, 15:34
"Real" sobiq hujumchisi, hozirda "Stok Siti" sharafini himoya qilayotgan Xese Rodriges klub tomonidan jazolandi.

"Suonsi Siti"ga qarshi Angliya Premer-ligasining 15-tur uchrashuvida (2:1) futbolchi o'yin tugamasdan, o'z xohishi bilan kiyinish xonasiga kirib ketgani uchun bunday chora ko'rildi.

"U xato qildi. Xesega tartib-intizom choralari ko'rildi. Futbolchi o'sha ishi noto'g'ri ekanligini tushundi. Kelajakda Xese nima qilishi kerakligini tushuntirib qo'ydik. U biroz xafa, chunki ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqchi" - deydi "Stok Siti" bosh murabbiyi Mark Xyuz.

Joriy mavsum Xese Rodriges APLning 9ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC