Xese faoliyatini Segundada davom ettiradi

Alisher
7 dek 2020
Vinger Xese Rodriges faoliyatini Segundada davom ettiradi.

Futbolchi oldin o'zi ijarada o'ynagan "Las-Palmas" klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin.

Klub ayni damda Ispaniyaning mavqei jihatidan ikkinchi o'rinda turuvchi divizionida o'ynamoqda. "Palmalar" Segundada 17 turdan so'ng 14-o'rinda borishmoqda.

Xese erkin agent hisoblanadi. 27 yoshli ispaniyalik futbolchi yaqinda PSJ bilan shartnomasini bekor qilgandi.


AlisherMuallif
Manba: Goal