Srechko Katanets: "Ehtimol, biz bundan ko'prog'iga munosib edik"

Omonjon To`xtamirzayev
13 sen 2023, 12:50
Meksika - O'zbekiston (3:3) uchrashuvidan keyin milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanets matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Uchrashuv yaxshi o'tdi, ehtimol biz bundan-da ko'prog'iga munosib edik. Meksikadek terma jamoaga qarshi o'yin biz uchun yaxshi tajriba bo'ldi. Meksika juda kuchli va texnikali futbolchilarga ega jamoa. Birinchi taymda raqibning bir qancha asosiy futbolchilari zaxirada qolgan bo'lsa-da, ular yaxshi o'yin namoyish etdi. 

Biroq yigitlardan xursandman, o'yindan ko'nglim to'ldi, chunki aksar futbolchilarimiz klublarida etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgan edi. Umid qilamanki, keyingi oy Jahon chempionati saralash o'yinlarigacha ular yanada yaxshiroq sport formasida bo'lishadi. Men ular bilan faxrlanaman va biz o'sishda davom etamiz”.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: ufa.uz