Sovrin kerakmi? Muammosiz! Yoxud "Myuller qoidasi" nima?

2 iyul 2016, 15:48
Germaniya terma jamoasi va "Bavariya" futbolchisi Tomas Myuller haqida g'alati, lekin qiziq fakt bilan tanishing.


Tomas Myuller haqida gap ketganda, avvalo uning o'yin uslubi aslida qanday ekanligi barchaga savol uyg'otadi. Lekin hech bir mutaassis yoki murabbiy uning o'yin uslubi haqida aniq bir to'xtamga kela olmaydi.

Noodatiy harakatlar, kutilmagan qarorlar, g'alati tryuklarning barchasi Tomas Myullerning o'yinida mujassam.

Bu uning eng yaxshi va foydali ishlarining hammasi emas. Tomas Myullerning eng katta yutug'i bu uning jamoaga ishlashi, har qanday vaziyatda foyda keltira olishi, foydali ish koefficient yuqoriligi.

Myuller haqida ko'p va xo'p gapirish mumkin. Biz hozir uning o'yini haqida atroflicha to'xtalmoqchi emasmiz.

Tomas Myuller haqida shunchaki faktlarni keltiramiz xolos. Qolganiga o'zingiz baho beraverasiz.

Nega unday sarlavha qo'yilganiga ushbu suratlarda keltirilgan faktlar javob bergani maqul.

Demak "Myuller qoidasi" bilan tanishamiz.



Yoaxim Lyov bu safar "Myuller qoidasi"ga amal qilishiga shubha yo'q. Yevropa chempionatida Myuller gol urmadi, gol urolmayapti, deyayotganlarga ushbu statistik fakt ham javob bersa ajab emas. "Myuller qoidasi"ga ko'ra, Tomas gol urishi shart emas, uning maydondagi ishtirok jamoasi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Qiziq, g'alati, lekin bu fakt!
Tomas Myullerning asosiy ishi gol urish emas, jamoaga foyda keltirish. Bu haqida Myullerning o'zi ham bot-bot gapirib keladi.


Shahboz Beg'amov

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia