"So'g'diyona" U-21 jamoasi Navoiyga murabbiysiz bordi...mi?

Narzulla Saydullayev
18 mar 2021, 16:21
Bugun mamlakatimizning bir qator shahar va tumanlarida O'zbekiston U-21 Birinchiligining 3-tur o'yinlari bo'lib o'tmoqda.

Xususan ayni damda, Navoiy shahridagi "Kimyogar" stadionida "Qizilqum" va "So'g'diyona" yoshlar jamoasi o'zaro bahs olib bormoqda. Mazkur uchrashuv qaydnomasiga nazar tashlar ekanmiz, e'tiborimizni bir tortmasdan qolmadi. Yani qaydnomada rasmiylar to'ldiriladigan joyda "So'g'diyona" yoshlar jamoasidan birorta ham murabbiy o'rin olmagan.
Shu o'rinda haqli bir savol tug'iladi. Jizzaxlik yoshlar safar uchrashuviga murabbiysiz borishganmi?


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia