"So'g'diyona" titul homiyga ega bo'ldi

Nadirkhuja Yuldashev
9 okt 2015, 14:55
"Paxtakor" va "Qo'qon-1912" jamoasidan keyin oliy ligamizda "So'g'diyona" o'zining titul homiysiga ega uchinchi klub bo'ldi.

Gap shundaki, oliy ligamiz jamoalarining aksari hokimiyat tomonidan biriktirilgan homiylarni o'z futbolkalarida reklama qiladilar. Aslida esa bu o'ringa ular qo'shimcha homiy izlagan holatda undan qo'shimcha daromad olsalar bo'ladi.

"Qo'qon-1912" jamoasi 2 yildan beri "Evo" kompaniyasini reklama qiladi. "Paxtakor" esa ikkinchi davradan e'tiboran o'z homiysi bilan shartoma muddatini cho'za olmagach futbolkalaridagi brendni berkitib qo'ygan. Mana endi "So'g'diyona" futbolkasida 25 turdan boshlab "East Telecom" brendini ko'rishimiz mumkin bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Nadirkhuja YuldashevMuallif