"So'g'diyona": "Paxtakor"ga qarshi tayyorgarlik bugundan boshlanadi

Aziz Tukhtamuradov
29 okt 2017, 11:42
Oliy liganing 26-turida "So'g'diyona" G'uzorda "Sho'rtan" ga qarshi bahs olib bordi va 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi. O'yindan so'ng murabbiylar shtabi futbolchilarga qisqa muddatli tatil bergan edi.

Jamoa bugun "So'g'diyona" qarorgohida yig'iladi va 27-turdagi raqibi "Paxtakor" ga qarshi bahsga tayyorgarlikni boshlaydi. 

Muxlislarimiz  uchun xushxabar. 4 sariq kartochkalari bois "Sho'rtan"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborgan Sanjar Rashidov "Paxtakor" ga qarshi o'yinda jamoaga yordam bera oladi.

Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" ga qarshi bahs 3 noyabr kuni "So'g'diyona" stadionida bo'lib o'tadi.

"So'g'diyona" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia