Skott Parker "Fulxem"dan ketdi va "Bornmut" ustoziga aylandi

Alisher
29 iyun 2021, 13:17
"Bornmut"ga bosh murabbiy etib "Fulxem"dan ketgan Skott Parker tayinlandi.

40 yoshli angliyalik mutaxassis "Bornmut" bilan uch yillik shartnoma imzoladi.

"Giloslar" o'tgan mavsum Chempionshipda 6-o'rinni egalladi, ammo jamoa pley-offda ikki o'yin natijasiga ko'ra "Brentford" (1:0, 1:3)ga imkoniyatni boy berdi. "Bornmut"ga Jonatan Vudgeyt ustozlik qilayotgan edi.

"Fulxem" esa yakunlangan mavsum Angliya Premer-ligasida 18-o'rinni egalladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: afcb.co.uk