Skolari: “FIFA 30-yillar qoidalariga qaytmoqda”

27 sen 2013, 10:35
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Filipe Skolari, Diego Kostaning Ispaniya terma jamoasi tarkibida o'ynashi mumkinligi haqida eshitib, FIFAning futbolchilarni futbol fuqaroligini o'zgartirish to'g'risidagi qoidasini qattiq tanqid qildi.

“FIFA 30, 40 va 50-yillar qoidalariga qaytayotgan bo'lishi mumkin. O'shanda Maccola Braziliya termasida ham, Italiya termasida ham o'ynar edi. Shu kabi voqea Pushkash va Di Stefanolar bilan ham sodir bo'lgan. Bir kun kelib, ma'lum bir mamlakat turli xil fuqarolikdagi 20 nafar futbolchi bilan shartnoma tuzib, ularni o'z nomidan musobaqaga olib chiqadi”, - deydi Skolari.


Manba: soccer.ru