"Siti" har doim qo'rqinchli" - Rodrigo

Sherzod Nurmatov
9 may 2023, 13:38
"Real" hujumchisi Rodrigo "Manchester Siti" haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Siti" har doim qo'rqinchli. Bu ajoyib jamoa, ular juda yaxshi o'ynaydi, ammo biz g'alaba qozonishimizga ishonchim komil. Holand juda ko'p gol uradi, hech kim uni qanday to'xtatishni bilmaydi. Lekin umid qilamanki, u bizga gol urmaydi", – dedi Rodrigo.

Eslatib o'tamiz, "Real" Chempionlar Ligasi birinchi yarim final uchrashuvini bugun o'z maydonida "Manchester Siti"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RTVE