Siroj Hamroev "Mashal" bilan shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
7 yanv 2014, 19:00
"So'g'diyona" sharafini himoya qilib kelayotgan Hamroev "Mashal"ga ko'chib o'tdi.
Aytish kerakki, himoyachi uchun bu jamoa begona emas. Sababi Siroj "Mashal" klubi tarbiyalanuvichisi hisoblanadi. O'z vaqtida u "gazchilar" uchun oliy liga bahslarida ham ishtirok etgan. Keyinchalik "Yangier" (1-liga), "Olmaliq" va "So'g'diyona" klublarida ham o'ynadi.

Joriy yildan e'tiboran u yana "Mashal" futbolchisiga aylandi. Klub matbuot xizmatining "SA"ga xabar berishicha Hamroev bilan bir yillik bitimga imzo chekilgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia