Simeone 4 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi

4 may 2018, 22:43
“Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simeone UEFA tomonidan to'rtta o'yinga chetlatildi va Yevropa Ligasi final o'yinida ishtirok eta olmaydi.

Yevropa futboli bosh tashkilotining bundaq qarorga kelishiga murabbiyning “Arsenal”ga qarshi Londonda o'tgan bellashuvda hakamlar bilan tortishuvga borgani sabab bo'ldi.

Argentinalik murabbiyi “Arsenal”ga qarshi javob uchrashuvni tribunadan kuzatdi. U yana uchta o'yinni o'tkazib yuborishga majbur.

Simone shuningdek 10 ming evro jarimaga ham tortildi. “Atletiko” yana shuncha miqdordagi mablag'ni jamoa muxlislarining “Emireyts” stadionida uchrashuv vaqtida maydonga taqiqlangan buyumlarni uloqtirgani uchun o'tkazib beradi.

“Atletiko” 16 may kuni Yevropa Ligasi finalida “Marsel” bilan kuch sinashadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal