Shotlandiya termasining yangi sardori "Liverpul" futbolchisi bo'ladi

Mirjalol Normatov
3 sen 2018, 20:29
"Liverpul" himoyachisi Endryu Robertson Shotlandiya termasining sardoriga aylanadi.

Futbolchi o'tgan mavsum davomida anchagina o'sishga erishdi va yangi mavsumda "Liverpul"ning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi. "Sky Sports" xabariga ko'ra, aynan shu faktor evaziga u milliy jamoaning sardoriga aylanadi.

Robertson Belgiya termasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida va Millatlar ligasi doirasida Albaniya bilan bahsda termasini maydonga boshlab tushadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports