Shomurodov uchun yangi da'vogar paydo bo'ldi

8 iyul 2020, 19:26
"Rostov"da to'p tepayotgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov faoliyatini Belgiyada davom ettirishi mumkin.

25 yoshli hujumchining xizmatlariga "Gent" klubi rahbariyati qiziqish bildirmoqda. Sport24 xabariga ko'ra, belgiyaliklar allaqachon "Rostov"ga Eldor borasida rasmiy taklif yuborishgan. 

Eslatib o'tamiz, Shomurodov "Rostov" tarkibiga 2017 yilning iyul oyida borib qo'shilgandi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: sport24