Shkrtel yanvar oyida “Napoli”ga o'tishi mumkin

Narzulla Saydullayev
11 sen 2013, 19:39
“Liverpul” klubi himoyachisi Martin Shkrtel “Napoli”ga o'tishi mumkin.

“Qizillar” klubdagi raqobatning kuchliligi sababli, slovakiyalik futbolchi qishda klubini o'zgartirishga qaror qilishi mumkin.

“Napoli” ko'pdan beri tajribali futbolchini kuzatib kelayapti va klubning qiziqishi yanvar oyiga qadar so'nmasligi ham mumkin.

O'z kelajagi to'g'risida Shkrtel “hamma narsa bo'lishi mumkin”ligi ta'kidlab o'tgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru