Shkrtel: "Mavsum starti omadsiz bo'ldi, ammo yangi yildan so'ng hammasi o'zgardi"

Aslanov Jasurbek
11 apr 2015, 11:41
"Liverpul" himoyachisi Martin Shkrtel o'z jamoasining bu mavsumdagi ishtiroki haqida fikr bildirdi.

"Agar bizda kuchli to'rtlikka kirish uchun kichik imkoniyat bo'lsa, biz bu maqsad yo'lida bor kuchimiz bilan kurashamiz. "Arsenal" va "Manchester Yunatyed"dan uchralgan ikki mag'lubiyat bizga yordam bermadi, ammo oldinda yana bir nechta o'yin bor. Klubdagi o'zgarishlar sabab, mavsum omadsiz boshlandi, lekin yangi yildan so'ng o'z o'yinimizni ko'rsata oldik. Ayni damda beshinchi o'rinni egallab turibmiz va Angliya Kubogida g'alaba qozona olsak, mavsumdagi vazifalarimizdan birini bajargan bo'lamiz" - deydi Shkrtel.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com