Shevchenko Ukraina TJ murabbiylari reytingida 2-o'ringa ko'tarildi

Eldor Akmurzayev
14 okt 2020
Millatlar Ligasi 4-turi doirasida Ukraina termasi o'y maydonida Ispaniyani minimal (1:0) hisobda taslim etdi.

Terma jamoa o'z tarixida ilk bor bunday natijaga erishdi.

Bundan tashqari, “sariq-ko'klar” ustozi Andrey Shevchenko terma jamoadagi o'yinlar soni bo'yicha 2-o'ringa ko'tarildi. Mutaxassis Ukraina termasi boshqaruvidagi 38-uchrashuvini o'tkazib, bu borada Mixail Fomenkoni (37) ortda qoldirdi. Reyting yetakchisi esa Oleg Bloxin (64) hisoblanadi.

Ma'lumot o'rnida, Shevchenko murabbiyligidagi Ukraina terma jamoasi Millatlar Ligasi "A" divizioni 4-guruhida 6 ochko to'plagan holda 3-o'rinda bormoqda. Ilk davrada ukrainaliklarni mag'lub etgan Germaniya hisobida ham 6 ochko bor. Mazkur guruhda 7 ochko bilan "qizil furiya" peshqadamlik qidmoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: isport.ua