Shavkat Salomov Shaxterga o'tmoqda

Narzulla Saydullayev
15 fev 2014, 19:34
Irtishdan Talgat Baysufinova ketganidan so'ng 28 yoshli o'zbekistonlik yarim himoyachi Shavkat Salomov ham klubni tark etmoqda.
Bu haqda Qozog'istonning sports.kz sayti xabar tarqatdi.

Viktor Kumikov boshqarayotgan Qarag'andaning Shaxter klubi Salomovga taklif bilan chiqdi, hamyurtimiz unga ijobiy javob berdi.

Buxorolik Shavkat Salomov O'zbekistonda Buxoro, Bunyodkor va Nasaf klublarida faoliyat olib borgan.

U o'tgan mavsumda Toldiqo'rg'onning Jetisu klubida o'ynagan va mavsumlar oralig'ida Irtish bilan shartnoma tuzgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia