“Shahrixonchi” stadioni tayyor emas. Jamoa 2-turda Zominga boradi

Omonjon To`xtamirzayev
12 apr 2023, 13:00
Birinchi liga 2-turidan o'rin olgan “Shahrixonchi” - “Zomin” o'yini Zominda bo'lib o'tadi.

Bunga sabab “Shahrixonchi” jamoasi Liga tomonidan stadion bo'yicha qo'yilgan talabni hozirgi kungacha bajara olgani yo'q.

Liga “Shahrixonchi” futbol jamoasini o'tgan mavsumdan buyon bir necha bor ogohlantirdi. Shunga qaramay,

jamoa tumandagi stadionni talab etilgan minimal ko'rinishga olib kelish yo'lida aytarli ish qilgani yo'q.

Eslatib o'tamiz, bellashuv 14 aprel, juma kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: pfl.uz