"Sevilya" APL bilan hazillashdi

Mirjalol Normatov
28 apr 2019, 16:35
"Sevilya" o'z tvitterida APLda kuchli to'rtlik uchun kurash borasida hazil tvit yozdi.

Ayni damda APLda YCHLga yo'llanma beradigan o'rinlar uchun kurash avjida. "Chelsi", "Manchester Yunayted", "Arsenal" va "Tottenxem" kabi jamoalar hali ham o'z o'rnini mustahkamlay olganicha yo'q.

"Ey, APL. Hayoting qiyin-da. Hech qaysi kuchli jamoang 4-o'rinni olishni istamaydi. Kel, o'sha o'rinni bizga beraqol. Bu bizning hayotimizni yaxshilagan bo'lardi", - deb yoziladi tvitda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca