

- Uchrashuv qiziqarli va tomoshabop bo'ldi. Qarshiga g'alaba uchun kelgandik. Afsuski, yutib turgan o'yinimizda yakunda durang bilan cheklandik. “Nasaf” yaxshi jamoa. Ularni yaxshilab o'rganib chiqqandik va shunga qarab o'z o'yinimizni tuzdik. O'ylaymanki, yomon harakat qilmadik. G'alabaga ko'proq biz haqli edik, deb bemalol ayta olaman. Bizga qandaydir omad yetishmayapti. Shu kabi markaziy va muhim uchrashuvlarda g'alaba qozona olmayapmiz. Bugun ham bir nechta golli vaziyatlar sodir etib, atigi bitta gol urdik xolos. Kamida 2-3ta vaziyatdan foydalanishimiz kerak edi. Hujumkor o'yinimizdan hech ham chekinmaymiz, - deydi Sergey Ivanovich.



